Odil Abdurahmonov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan Abdurahmonov Odil Qalandarovich Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Odil Abdurahmonov, iqtisod fanlari doktori, 1978-yilda tug‘ilgan, 2019-yilda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020-yil iyun oyida Toshkent davlat aloqa universiteti rektori lavozimiga tayinlangan edi. Abdurahmonov 2018-2019 yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.