Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muloqot portali ishga tushirildi

Portal orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsion ekotizimni rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha taklif va tashabbuslarni yo’llash mumkin.
Qayd etilishicha, bildirilgan taklif vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi, ular asosida muammolar hal etilib, yangi tashabbuslar joriy etiladi. Platformada taklif va tashabbuslar bilan birga kutilayotgan natijalari ham keltirilishi kerak.
Shuningdek, taklif jo‘natuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni hamda qo‘shimcha materiallar mavjud bo‘lsa ularni ham ilova qilish imkoniyatiga ega.






