O‘zbekiston aholisi kuniga qariyb 2 ming kishiga koʻpaymoqda

Joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 36 mln 197 ming 781 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.
Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko‘paygan. O‘zbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga oshgan.
2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.






