O’zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat

2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning import hajmi 10 milliard 83 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bunda Xitoy 2,3 milliard AQSH dollariga teng ko’rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Turkiya kuchli 5 talikda.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:
• Xitoy – 2,3 milliard AQSH dollari;
• Rossiya – 1,9 milliard AQSH dollari;
• Qozogʻiston – 1,0 milliard AQSH dollari;
• Janubiy Koreya – 896 million AQSH dollari;
• Turkiya – 575 million AQSH dollari;
• Germaniya – 422 million AQSH dollari;
• Turkmaniston – 205 million AQSH dollari;
• Hindiston – 202 million AQSH dollari;
• AQSH – 169 million AQSH dollari;
• Italiya – 139 million AQSH dollari.
Ma’lumot uchun, ushbu davr mobaynida O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 17 milliard 164 million AQSH dollarini tashkil etgan. Bunda import hajmi 10 milliard 83 millionni, eksport hajmi esa 7 milliard 81 million AQSH dollariga yetgan.






