Oʻzbekiston muftiysi bilan muloqot qilish imkoniyati paydo boʻldi

O‘zbekiston muftiysi Nuriddin domla Xoliqnazarov bilan savol-javob qilish uchun maxsus Telegram-bot ochildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fatvo markazi direktori, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovga to‘g‘ridan to‘g‘ri savol yo‘llash orqali javob olishni tashkil etish maqsadida Telegram’da savol-javob boti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan diniy masalalardagi savol, taklif va mulohazalarini Telegram’dagi @muftiy_savol_javob_bot botga yuborishi mumkin.

Javoblar @muftiy_nuriddin_domla Telegram-kanalida e’lon qilinadi va ayrim xos masalalar murojaatchining o‘ziga taqdim etiladi.