O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi!

“Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi davlat va uning fuqarolari hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi, asosiy huquq va burchlarimizni, jamiyat va shaxs o'rtasidagi munosabatlarni belgilab beruvchi, haq-huquqlarimizni himoya qiluvchi mamlakatimiz Bosh Qomusi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan barchani samimiy qutlaydi!

Ta’kidlash joizki, 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo'lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo'lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo'lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.

Konstitutsiyamiz xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tomonidan e’tirof etilganligi esa davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirishda beihtiyor hissa qo'shmoqda.

Bayramingiz muborak bo'lsin aziz yurtdoshlar!!! Sizga va oilangizga mustahkam sog'lik, baxt va farovonlik tilaymiz! Barcha ishlaringizda omad sizga yor bo'lsin!