Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda: yalpi ichki mahsulot hajmining oʼsish surʼati – 105,7 %, tashqi savdo aylanmasi oʼsish surʼati – 118,6 %, eksportning oʼsish surʼati – 115,9 % va importning oʼsish surʼati – 120,4 %ni qayd etgan.

Shuningdek:

sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 105,2 %;
qurilish ishlari hajmining oʼsish surʼati – 106,6 %;
chakana savdo tovar aylanmasi oʼsish surʼati – 112,3 %;
bozor xizmatlari hajmining oʼsish surʼati – 115,9 %;
qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligining oʼsish surʼati – 103,6 %;
faoliyat koʼrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 592 371 ta;
transportda yuk tashishning oʼsish surʼati – 100,5 %;
transportda yoʼlovchi tashishning oʼsish surʼati – 105,6 %;
aholining real umumiy daromadlari oʼsish surʼati – 109,7 %.