O'zbekiston Senati deligatsiyasi Manamada bo'lib o'tgan parlamentlararo ittifoqning 146-assambleyasida qatnashdi

Tadbirda «Tinch-totuv yashash va inklyuziv jamiyatlarga ko‘maklashish: murosasizlikka qarshi kurashish» nomi ostida bo'lib o'tgan xalqaro tadbirda 140 dan ortiq davlatning 2 mingga yaqin deligatsiyasi ishtirok etdi.

Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova so'zga chiqib, Tahdidlarga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishni taʼminlash borasidagi muammolarni bartaraf etishda parlamentlararo hamkorlik muhimligini ta'kidladi.

Shuningdek, Malika Qodirxonova Manama shahrida o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘ining 2-konferensiyasida ham qatnashdi.

Anjuman so'ngida Manama deklaratsiyasi qabul qilindi.