O’zbekiston Turkiyaga yordamchi kuch jo’natmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʼiga muvofiq, Turkiyada roʼy bergan kuchli zilziladan jabr koʼrganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari joʼnatiladi.






