Oʻzbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktyor, o‘zbek kino xazinasidan joy olgan bir qator filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan Murod Rajabov bugun, 8-aprel kuni 74 yoshida vafot etdi.

Marhum aktyor 1949-yil 30-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik intitutini tamomlagan.

Faoliyati davomida o‘nlab kinolarda rollar ijro etgan. Ayniqsa, “Temir xotin”, “Kichkina tabib”, “Ulfatlar” va boshqa qator filmlardagi rollari bilan o‘zbek xalqining koʻnglidan joy olgan.