O'zbekistonga Moderna vaksinasi olib kelindi

O'zbekistonga bugun, 10 yanvar kuni koronavirusga qarshi 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi.
Ta'kidlanishicha, yurtimizga keltirilgan vaksinaning yarim million dozalik partiyasi 2022 yil hisobidan dastlabkisi hisoblanadi. Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, emlash jarayonlarida to‘liq foydalanilgan vaksina miqdori 40 million dozaga yetgan. Ulardan:

2 404 480 dozasi AstraZeneca;

37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

1 341 790 dozasi "Sputnik V";

3 500 460 dozasi Moderna;

2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;

1 976 000 dozasi Sinovac;

207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.