Oʼzbekistonning oltin-valyuta zaxirasi deyarli 36 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bank matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2023-yil 1-fevral holatiga ko’ra zaxiralar bir oy davomida 170 mln dollarga ortdi va 35 mlrd 9 mln dollarga ga yetdi.
Yanvar oyida zaxiralarning hajmi 181 million dollarga oshgan va ikki yillik eng past darajaga yetgandan so‘ng uch oy ichida deyarli 3,6 milliard dollarga oshgan.
Shuningdek, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi zaxiralar miqdori oy davomida 331 million dollarga kamaygan holda 11,31 milliard dollarga yetdi. Dekabr oyida O‘zbekistonning xorijiy banklardagi omonatlari hajmi 1,7 milliard dollarga oshdi.






