O‘zbekiston hisobida Islom birdamlik o‘yinlarining navbatdagi sovrini

O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Konya (Turkiya) shahrida o‘tkazilayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarida Respublikamiz yengil atletika terma jamoasi yana to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchilar ikkita “oltin” va ikkita “kumush” medallariga ega bo’ldilar. Oltin medalni Suxrob Xo‘jayev va Safina Sa’dullayeva qo‘lga kiritdilar. Balandlikka sakrashda Svetlana Radzivil, uch hatlab sakrashda Sharif Davronova esa kumush medali egasi bo’ldilar.

Eslatib o‘tamiz, Islom birdamlik o‘yinlari Turkiya olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilib, 9-avgustdan 18-avgustga qadar davom etadi.