O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 milliard dollarga yetdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 28,1 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3 milliard dollarga oshgan.

Shuningdek, tashqi savdo aylanmasining 11,3 milliard dollarini eksport, 16,8 milliard dollarini import tashkil qilgan.