«Piramit» majmuasi 1 yoshda!

29-oktabr – Turkiya Respublikasining 99 yilligi hamda “Piramit” majmuasi qurilishining 1 yilligi munosabati bilan bugun, “Piramit” savdo ofisida tadbir tashkil etildi.
Eslatib oʼtamiz, Koç Construction kompaniyasi “Bright Uzbekistan” jurnali ikkinchi sonining Bosh homiysi sanalib, bir muddat avval, Koç Construction Direktorlar Kengashi raisi janob Yusuf Sarikoch boshchiligida Koç Construction va Bright Uzbekistan loyihasi oʼrtasida hamkorlik Bitimi imzolangan edi.
Maʼlumot oʼrnida taʼkidlash joizki, mamlakatimizda 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, xalqaro qurilish maydonida oʼz uslubi va oʼrniga ega boʼlgan “Koç Construction” Oʼzbekistonning “Hampton By Hilton” mehmonxonasi, “Huawei - Toshkentdagi bosh ofisi”, “Seul moon”, “Oʼzbekiston Mustaqillik bogʼi” (Yangi Oʼzbekiston), “Akfa universiteti” hamda “Prezident maktabi” qurilish loyihalarini amalga oshirgan kompaniya sanaladi.
Shu oʼrinda fursatdan foydalanib, 29-oktabr – Turkiya Respublika kuni munosabati bilan qardoshlarimizni Respublikaning 99 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz!






