Prezidentlikka to'rtinchi nomzod ayol bo'ldi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 7 avgust kungi navbatdan tashqari plenumida 2021 yilgi prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.

Plenum davomida Maqsuda Vorisova nomzodi partiya qurultoyida nomzod sifatida ilgari surish taklifi bildirildi. So‘zga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan ma’qulladi.

M.Vorisova 1961 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1984 yili Toshkent meditsina institutini tugatgan. Ko‘p yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimida, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Senat a’zosi, Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan.