Prezidentning Orolbo‘yi masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib Tursinxon Xudaybergenov tayinlandi

Tursinxon Xudaybergenov Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan u 2017 yildan buyon ishlab kelayotgan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Ta’kidlanishicha, u mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.