Putin Erdoʻgʻan bilan suhbatlashib, unga sogʻlik tiladi

Bugun, 27-aprel Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “РИА Новости” xabar berdi.
Putin Erdog’anga shifo tilab, tezroq sogʻayishini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on 25-aprel kuni jonli muloqot chog‘ida oʻzini yomon his qila boshladi va odamlardan oshqozonida qandaydir ogʻriq paydo boʻlganini aytib, efirni muddatidan avval yakunladi. 69 yoshli Prezidentning saylovoldi tashviqot tadbirlari ham 3-mayga qadar bekor qilindi. 27-aprel kuni 4 ta turk telekanallariga berishi rejalashtirilgan intervyusi ham qoldirildi.






