Qoramol goʼshti importi qariyb 2 ming tonna oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi taqdim etgan maʼlumotlarga koʼra, 2022-yilning dastlabki ikki oyida Oʼzbekistonga 7 ta davlatdan qiymati 26,5 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 5,9 ming tonna qoramol goʼshti import qilingan.

Qoramol goʼshti importi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2 ming tonnaga oshgan.

202-yilning yanvar-fevral oylarida Oʼzbekiston eng koʼp qoramol goʼshtini import qilgan davlatlar quyidagilar boʼlib, umumiy qoramol goʼshti importi hajmining 93 foizi aynan ular hissasiga toʼgʼri kelgan:

Belarus – 4 ming tonna
Qozogʼiston – 1,2 ming tonna
Ukraina – 320 tonna