"Raqamli avlod qizlari - 2022"

Bugun, 28-fevral kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari - 2022” haftaligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, yig’ilganlarga omad tiladi:

“So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasida ayol-qizlarning roli tobora ortib bormoqda. Bu yil “Raqamli avlod qizlari” tadbiri ikkinchi marta tashkil etilmoqda va sizlarni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham o’z samarasini beradi”.

”Raqamli avlod qizlari-2022” 5 kun davom etadi, darslar onlayn va offlayn shaklda bo’lib o’tadi.