Rossiyadagi migrantlarga chiplik plastik karta tarqatiladi

2022 yildan boshlab Rossiya ichki ishlar vazirligi migrantlarga maxsus chiplik plastik kartalar tarqata boshlaydi. Karta migrant haqidagi barcha ma'lumotni o'z ichiga oladi.

Aniqlik kiritilishicha, maxsus chipli plastik kartalar texnik imkoniyatlardan kelib chiqib tarqatiladi.

Avvalroq Rossiyada bo‘lib turgan mehnat muhojirlariga, shuningdek, mamlakatda 90 kundan ortiq muddatda bo‘luvchilarga majburiy daktiloskopiya joriy etilishi xabar qilingandi.