Samaradorligi 30% dan yuqori bo'lgan ilk quyosh batareyalari

Niderlandiya tadqiqotchilari guruhi 30 foizdan yuqori samaradorlikka ega quyosh batareyasini ixtiro qildi. Qayd etilishicha, Perovskit va kremniy birikmasiga asoslangan texnologiya ularga kashfiyot qilishga yordam berdi.

"Ushbu yutuq butun dunyo bo‘ylab quyosh energetikasini rivojlantirishga va qazib olinadigan yoqilg‘iga bog‘liqlikni kamaytirishga yordam beradi", — deya ta’kidlaydi tadqiqotchilar.

Ushbu texnologiya Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Fotoelektr energiya konvertasiyasi (WCPEC-8) bo‘yicha VIII Jahon konferensiyasida taqdim etildi.

Qayd etilishicha, bu loyiha ko‘plab mavjud texnologiyalardan olingan quyosh batareyalarining samaradorligi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi loyiha bo‘lib, sanoatni joriy etish yo‘lidagi yana bir muhim bosqich sanaladi.