Samsungdan so’nggi S22 turkumi

Kompaniya 9-fevral kuni boʻlib oʻtgan virtual tadbirda oʻzining yangi avlod flagman Galaxy S smartfonlarini eʼlon qildi: Galaxy S22, Galaxy S22 Plus va Galaxy S22 Ultra.

Android sistemasida ishlaydigan 5G qurilmalari 2022-yilda har qanday yangi telefonlardan kutgan natijangizni bera oladi: yangilangan kamera, quvvati oshirilgan batareya va so’nggi avlod chiplari va boshqalar. Ular ekologik jihatdan toza, ya’ni okean plastmassalarini qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan.

Butun Galaxy S22 qatorida ko‘proq kamera boshqaruvlari va suratga olish vositalaridan tortib, tezroq ishlovchi protsessor, uzoq muddatli batareyalar va ko‘proq maxfiylik boshqaruvlarigacha imkoniyatlar mavjud. Qora, oq, yashil va to’q qizil ranglarda sotiladigan S22 Ultra 1,199 dollardan boshlanadi (Taqqoslash uchun iPhone 13 Pro Max 1099 dollardan boshlanadi.) AQShda Galaxy S22 Plus 799 dollardan, S22+ esa 999 dollardan boshlanadi.