Saudiya Arabistoni BRICSga qo’shilishi mumkin

Qayd etilishicha, JAR prezidenti Siril Ramaposa Saudiyaga amalga oshirgan davlat tashrifidan so‘ng maʼlum qilishicha, Saudiya Arabistoni hukumati BRICS guruhiga qo‘shilishdan manfaatdor.

Shuningdek u 2023-yilda Saudiya Arabistoni BRICS raisi bo‘lishini ham taʼkidlab o‘tdi. JAR hukumati guruhga yangi aʼzolar qo‘shish masalasini ko‘rib chiqadi. Manbaalarda qayd etilishicha, Ar-Riyoddan tashqari Misr, Turkiya, Jazoir, Argentina va ayrim manbalarga ko‘ra Indoneziya ham tashkilotga qo‘shilish istagini bildirgan.

Ma’lumot o’rnida, 2006-yilda asos solingan BRICS Braziliya, Rossiya Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasini o‘zida jamlagan xalqaro tashkilot hisoblanadi. BRICS+ formati ham mavjud bo‘lib, unga Jazoir, Argentina, Misr, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kambodja, Malayziya, Senegal, Tailand, Ozbekiston, Fiji va Efiopiya davlatlari kiradi.