Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti raqamlarda

Shanxay hamkorlik tashkilotining tarixiy Samarqand sammiti Oʼzbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasadi. ShHTning Samarqand sammitini yoritishda milliy va xalqaro OAV vakillari barcha ma’lumotlarni tezkorlik hamda yuqori sifat bilan keng ommaga taqdim etdilar.

Shuningdek, mazkur sammitni tezkor va sifatli yoritib borish mobaynida Bright Uzbekistan xalqaro axborot portali o’z kuzatuvchilariga 120 dan ortiq materiallarni taqdim etdi. Umumiy statistik ko’rsatkichlarga ko’ra, Bright Uzbekistan xalqaro axborot portalining onlayn platformalarida taqdim etilgan ma’lumotlar 300 000 ga yaqin ko’rildi.

Ma’lumotlarga ko’ra Samarqanddagi ShHT sammiti doirasida 51 670 dan ortiq xabar 6 tilda yoritilgan va 340 217 497 ga yaqin ko’rilgan. Shuningdek, O’zbekiston OAV lari tomonidan 26 311 xabar taqdim etilib reytingda birinchi pog’onani band etgan. Ikkinchi o’rinni esa 18 648 dan ortiq post bilan Rossiya egallagan.

Qayd etish joiz bo’lgan yana bir jihat, mamlakatda sammit doirasida 600 dan ortiq xorijiy va mahalliy OAV vakillariga taqdim etilgan imkoniyatlar bo’ldi. Xalqaro standartlarga mos ravishda OAV vakillariga yaratilgan sharoit, tezkor internet va zamonaviy texnologiyalar sammit jarayonlarini tezkor hamda yuqori sifat bilan dunyo aholisiga yetkazish imkonini berdi.