Shanxay normal hayot tarziga qaytmoqda

Shanxaydagi Disneylend uch oylik tanaffusdan so‘ng 30-iyun kuni qayta ochildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu park koronavirus sababli yopilgan edi. Shahardagi epidemiologik vaziyat yaxshilangani sababli uning faoliyati qaytda tiklandi. Shuningdek, Shanxayda umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatish asta-sekin tiklanmoqda.

Epidemiologik xavf zonalari mavjud bo‘lmagan va o‘tgan hafta davomida birorta ham COVID-19 infeksiyasi qayd etilmagan hududlarda joylashgan restoranlar shahar hokimiyati ko‘rsatmalariga asosan mijozlarga bevosita muassasalarda xizmat ko‘rsatishni boshlashlari mumkin.

Biroq bu umumiy ovqatlanish shoxobchalarining sig‘imi maksimalning 50-70 foizini tashkil qiladi. Tashrif buyuruvchilar restoranga kirishda salbiy test natijasini ko‘rsatishi talab qilinadi.