Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashish uchun Turkmanistonga jo‘nab ketadi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5-6-avgust kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Turkmaniston Prezidenti raisligida o‘tadigan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashadi.|

Davlat rahbarlari 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Maslahat uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijalarini ko‘rib chiqadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.