Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonning birinchi prezidentini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Elboshiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘iston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog'istonni barpo etishda va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda alohida o'rni qayd etildi.

Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Faxriy raislik qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.