Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentiga hamdardlik yoʼlladi

Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʼplab odam qurbon boʼlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʼrilgani munosabati bilan Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼanga hamdardlik yoʼlladi.

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʼayib ketishini tiladi.