Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar tumanlari hokimlarining ishlari bilan tanishdi

Bugun 1-aprel, Yakkasaroy tumanida iqtisodiy rivojlanishni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Umurzoqov shahar sektorlari rahbarlari va hokim o'rinbosarlari bilan Yakkasaroy tumanida bo'ldi.
Ushbu tuman faoliyatini o'rganish jarayonida iqtisodiyotni o‘stirish, infratuzilmani yaxshilash, kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish, aholini qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarini o‘rganib, hal etish borasidagi ishlari bilan tanishildi.






