Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi, deb xabar berdi Janubiy Koreya shtab boshliqlari.

“Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi”, — deyiladi harbiy bayonotda.

Avvalroq KXDR 21—23-mart kunlari yangi zarbali tipdagi suv osti uchuvchisiz tizim sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qilgandi. KXDR davlat matbuotiga ko‘ra, bu “maxfiy qurol” 2012-yildan beri ishlab chiqilayotgan Heil (tsunami) yadroviy uchuvchisiz suv osti apparati hisoblanadi.

Shuningdek, 22-mart kuni Pxenyan yadro qurolini taqlid qiluvchi kallaklar bilan jihozlangan to‘rtta Xvasal-1 (Strela-1) va Xvasal-2 strategik qanotli raketalarini sinovdan o‘tkazdi.

Taxminlarga ko‘ra, KXDRning harbiy sinovlari Janubiy Koreya va AQShning qo‘shma mashg‘ulotlariga javobdir.