Sudandagi 72 soatlik sulh eʼlon qilindi

Sudandagi qurolli mojaro tomonlari sulh e’lon qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Sulh 24-aprel kuni yarim tunda kuchga kiradi va 72 soat davom etadi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi.

Diplomatning qayd etishicha, urushayotgan tomonlar “qisqa muzokaralar” natijasida bir to‘xtamga kelgan.

“Qo'shma Shtatlar Sudan Qurolli Kuchlari va Tezkor aralashish kuchlarini ushbu davrda o't ochishni to'xtatishga qat'iy rioya qilishga chaqiradi”, deydi Blinken.

Davlat kotibining qoʻshimcha qilishicha, Vashington harbiy harakatlarni nihoyat toʻxtatish uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlar, Sudan fuqarolik institutlari vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish niyatida.

15-apreldan beri Sudanda Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi armiya va Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari o‘rtasida qurolli toʻqnashuvlar yuz bermoqda. Toʻqnashuvlarda 413 kishi halok bo‘lgan, 3551 kishi jarohatlangan.