Suvosti internet kabellari zilzilalarni aniqlashga yordam beradi

Dengiz tubini kesib o'tuvchi Internet kabellari zilzilalar va sunamilarni aniqlash yoki iqlim o'zgarishi okean oqimlarini qanday o'zgartirishini kuzatishda foydalanilishi mumkin. Kabelga asoslangan datchiklar zilzila episentri hududini xuddi quruqlikdagi seysmometrlar kabi aniqlashi mumkin, deydi tadqiqotchilar.
Tadqiqotda texnologiya giganti hisoblangan Google, shuningdek, Edinburg universiteti, Britaniya Geologiya xizmati va Italiyadagi Istituto Nazionale di Ricerca Metrologica ishtirok etdi. Olimlar bunday kabellarni Buyuk Britaniya va Kanada o'rtasidagi optik tolali aloqada sinab ko'rdilar. Tadqiqot Science jurnalida chop etildi.
"Yer yuzasining 70 foizi suvdan iborat, ammo barcha seysmik stansiyalar quruqlikda, chunki dengiz tubiga doimiy sensorlarni o'rnatish juda qiyin va qimmat", dedi doktor Juzeppe Marra BBCga bergan intervyusida.
Ko'plab optik tolali kabellar dunyo dengizlari va okeanlari bo'ylab ma'lumotlar uzatadi. Taxminlarga ko'ra, dunyo bo'ylab 1,3 million km (800 000 milya) masofani o'z ichiga olgan 430 dan ortiq kabellar mavjud.
Tadqiqotchilar zilzilalar, to‘lqinlar va oqimlar kabi “okean signallari”ni Sautport, Lankashir va Kanadaning Halifax o‘rtasidagi 5860 km uzunlikdagi EXA Infratuzilmasi optik tolali aloqasi yordamida aniqlaganliklarini e’lon qilishdi.
Yangilik global isish natijasida yuzaga kelgan chuqur suv oqimlarini ham kuzatish imkonini berishi mumkin.
Shuningdek, iqlim o'zgarishi dengiz tubidagi haroratni qanday o'zgartirishini kuzatish mumkin bo’ladi. Ammo bu hali tajribalarda sinab ko’rilmadi.






