Talabalarning 2-kursdan ishlashiga ruxsat berilishi mumkin

Oʻzbekistonda talabalarning ikkinchi kursdan boshlab mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida keltirilgan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qish davrida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashini inobatga olib, 2024 yilga qadar xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rishi taklif etilmoqda.






