Ta’lim sifatini oshirish, korrupsiya holatlari, tashabbuskor loyihalar vazir nazoratida

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot xizmati xabar berishicha, endi o'qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar ta'lim tizimidagi muammolar va tashabbuslar bo'yicha "Vazirga murojaat" portali orqali yuborishlari mumkin.
Agar sizda:
-ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
-korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
-tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringiz bo'lsa vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.
"Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi."- deydi o'z sahifasida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova






