Tarixdagi eng qimmat 10 ta film

Tarixdagi eng qimmat 10 ta film nomi ma'lum bo’ldi. TOP-10 kinolar ro’yxatida o’ninchi o’rinda 2012-yil 7-martda chiqarlgan Endryu Stenton rejissorligidagi "Jon Karter" filmi qayd etilgan. Film janri hayoliy jangovar sarguzasht bo’lib, ishlab chiqarish qiymati 264 million dollarni, kassa tushumi esa 284 million dollarni tashkil etgan.
9-o’rinda Yulduzlar jangi: "Skywalkerning yuksalishi Quyosh chiqishi". Janr: epik kosmik opera, rejissyori JJ Abrams, film 2019-yil 19-dekabr chiqarilgan. Ishlab chiqarish qiymati 275 million dollarni kassa hisobi 1,1 milliard dollarni qayd etgan.
8-o’rinda “Xan Solo. Yulduzlar jangi". Janr: kosmik g'arbiy, rejissyori Ron Xovard, 2018-yil 10-mayda kran yuzini ko’rgan ushbu fulmning ishlab chiqarish qiymati 275 million dollarga, kassa hisobi 392 million dollarga teng.
7-orinda "Adolat ligasi: Zak Snayder", janriga ko’ra komikslarga asoslangan superqahramon film, rejissyori Joss Uidon, 2017 yil 17-noyabrda taqdim etilgan filmning ishlab chiqarish qiymati 300 million dollar, kassa hisobi 657 million dollar.
6-o’rinda “Karib dengizi qaroqchilari: dunyoning oxirida” filmi qayd etilib, janri fantastik/qaroqchi sarguzasht. Rejissyori Gore Verbinski, chiqarilgan vaqti 2007-yil 19-may, ishlab chiqarish qiymati 300 million dollar, kassa hisobi 960 million dollar.
5-pog’onada, “Qasoskorlar: cheksizlik jangi” filmi, janri fantastika/super qahramonlar. Rejissyori Entoni Russo/Jo Russo, chiqarilgan vaqti 2018-yil 27-aprel, ishlab chiqarish qiymati 325 million dollarga teng bo’lsa, kassa tushumlari 2,047 milliard dollardan ortiq.
4-o’rinda "Avatar: Suv yo'li" filmi qayd etilgan. Uning janri ilmiy-fantastik film, rejissyori Jeyms Kemeron, chiqarilgan sanasi 2022-yil 16-dekabr, ishlab chiqarish qiymati 350 million dollarga teng.
3-o’rinda, fantastika/super qahramonlar janri bilan “Qasoskorlar: Final” filmi. Uning rejissyori Entoni Russo va Jo Russo bolib, film 2019-yil 25-aprel kuni ekran yuzini ko’rgan. Ishlab chiqarish qiymati 356 million dollarga baholangan bo’lsa, kassa tushumlari 2,8 milliard dollarga teng.
2-o’rinda, “Qasoskorlar: Altron davri” filmi. Uning janri fantastika/super qahramonlar, rejissyori Joss Whedon, chiqarilgan vaqti 2015-yil 23-aprel, ishlab chiqarish qiymati 365 million dollar, kassa tushumi 1,4 milliard dollardan ortiq.
Vanihoyat reyting yetakchisi “Karib dengizi qaroqchilari: G‘arb suvlarida”. Seriyaning to'rtinchi qismi ijodkorlarga 1 milliard dollardan ko'proq daromad keltirdi, ammo bu juda qimmatga tushdi. Filmni ishlab chiqarish 378 million dollarga tushgan.






