Tarixiy ko’prikning qulashi

Gollandiyaning Rotterdam shahridagi "De Hef" ko'prigi XiX asrdan buyon qad ko’tarib turibdi. Afsuski, hozir u dunyodagi eng boy odamlardan biriga o'z o'rnini bo’shatib berishiga to’g’ri kelmoqda. Ya’ni, tarixiy po‘lat ko‘prik Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishli ekanligi aytilayotgan superyaxtaning o‘tishi uchun qisman demontaj qilinadi. Shahar meri esa ko‘prik hozirgi ko‘rinishida qayta qurilishiga va’da bermoqda.






