Tesla doimiy ish rejimiga qaytadi

Tesla rahbari Ilon Mask xodimlarga masofaviy ish davri tugaganini ta’kidlab, barachani ofisga qaytishga chaqirdi.

Ushbu xabar xodimlar elektron pochtalariga yuborilganidan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.

Maskdan Twitterda ushbu yangi siyosat haqida so'ralganda, yangi qoidalarga rioya qilishni istamaganlar boshqa ish topishlari mumkinligini qayd etib o'tdi.

“Tesladagi har bir kishi haftasiga kamida 40 soatni ofisda o‘tkazishi shart. Agar kelmasangiz, biz sizni iste'foga chiqqan deb hisoblaymiz”, — deb yozgan u elektron pochta xabarlaridan birida.