Tojikistondagi Qayroqqum suv ombori 15 yilda ilk bor muzga aylandi

Tojikiston shimolida Qayroqqum suv ombori muzlab qoldi. Qayd etilishicha, bunday xodisa oxirgi marta 15 yil avval sodir bo'lgan.

“Bu, albatta, ta'riflab bo'lmaydigan go'zallik. Kamera bu go'zallikni yetkaza olmaydi. Dengiz tirik mavjudotga o'xshaydi, – deya ta'kidlagan Guliston shahrida yashovchi aholi.

Odatda bu vaqtda Qayroqqum suv ombori qirg'oqlarini to'lqinlar yuvib turar edi. Hozir esa bu joy muzga aylangan. Havo harorati -5 darajagacha pasaygan. Ayozli kunlarda Tojikistonning baland tog'laridagi deyarli barcha ko'llar muzlab qolgan.

Tojikistondagi anomal sovuq biroz zaiflashgan, ammo normallashmagan, deya qayd etgan Gidrometeorologiya markazi.