Tolibon delegatsiyasi Toshkentga kelmoqda

“Sputnik Afganistan” xabariga ko’ra, “Tolibon” delegatsiyasi Toshkentga yo‘l olgan. Qayd etilishicha, ushbu tashrif ikki hafta oldin, Abdulaziz Kamilovning Kobulga tashrifi vaqtida muvofiqlashtirilgan.

Delegatsiyaga Afg‘oniston savdo vaziri v.b. Nuriddin Aziziy boshchilik qilgan. Uning tarkibida shuningdek, afg‘on biznesmenlari va “Tolibon” aʼzolari ham bor.

Toshkentda savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish, tranzit masalasi va biznes duch kelayotgan muammolar muhokama qilinadi.