Toshkent va Samarqandga MDH doirasida yangi maqom berildi

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bugun o‘tkazilgan yig‘ilishida Toshkent 2024-yilda MDH mamlakatlarining yoshlar poytaxti, Samarqand madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.
“Bu O‘zbekistonning MDH doirasidagi o‘zaro hamkorligimizdagi faol ishtirokining yorqin dalilidir”, dedi tashkilot Bosh kotibi Sergey Lebedev.
Bundan tashqari, yig‘ilishda 2023-yilda Belarusning Minsk shahri, 2024-yilda esa Armanistonning Gyumri shahri MDH sport markaziga aylanishi haqida qaror qabul qilindi.
Bu yil madaniy poytaxti maqomiga Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri egalik qilmoqda.






