Toʼqaev terrorchilarni ogohlantirishsiz otishga buyruq berdi

Qozogʼiston prezidenti Qosim-Joʼmart Toqaev mamlakatda davom etayotgan namoyishlar munosabati bilan xalqqa uchinchi bor murojaat qildi.

Terrorchilar hamon davlat mulklari va xususiy mulklarga ziyon yetkazishda davom etmoqda, fuqarolarga qurol qoʼllamoqda. Huquq-tartibot organlariga va armiyaga ogohlantirishsiz nishonga olib oʼq otishga buyruq berdim», — degan Toʼqaev respublika telekanallari efiridagi nutqida.

Uning so'zlariga ko'ra, "20 ming bandit" Olmaotaga hujum qilgan. Ularning harakatlari tufayli yuzlab tinch aholi va askarlar yaralangan va halok bo'lgan.

Qozog’iston rahbari “muammoga tezkorlik bilan yondashgani” uchun Putinga hamda KXShTning boshqa a’zolariga minnatdorlik bildirgan.

Shuningdeek, “Taslim bo‘lmaganlar, yo‘q qilinadi” deya ta’kidlagan Toqaev.

Davlat yetakchisining maʼlum qilishicha, talablarini tinch shaklda bayon qilganlarning barcha talablari eshitilishini va vaziyat tinchligicha qolayotgan hududlarda favqulodda vaziyat bosqichma-bosqich bekor qilinishini maʼlum qilgan.