Turistlar mehmonxona haqidagi fikrini so’rovnoma orqali bildirishi mumkin

Ma'lum qilinishicha, “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi o‘zining rasmiy veb-saytida turistlarning joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun so‘rovnoma joriy qilgan.
So‘rovnomada turistlar “Umumiy ovqatlanish obyektlari”, “Ziyorat obyektlari”, “Ma’lumot beruvchi obyektlar”, “Ko‘ngilochar obyektlar”, “Yashash joyida xizmat sifatini baholash so‘rovnomasi”, “Transport”, “Davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari” bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish imkoniga egalar.
Ta’kidlanishicha, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridagi xizmat ko‘rsatish sifatidan norozi bo‘lgan mehmonlar Опрос - ГУП «Центр сертификации туристских услуг» в Ташкенте – В соответствии Законом Республики Узбекистан «О туризме» сертификация туристской деятельности носит обязательный характер. havolasi orqali o‘z taklif va e’tirozlarini bildirishlari mumkin. Shuningdek, sayyohlar o‘z taklif va e’tirozlarini tizimga yuklangan foto yoki videofayllar ko‘rinishida qoldirish imkoniyatiga ega.






