Turkiy kengash doirasida transport va tranzit masalalari bo'yicha maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi

2021-yil 20-aprel kuni O'zbekiston transport va bojxona organlari vakillari hamda Turkiy Kengash Kotibiyati ishtirokida videokonferensiya shaklida navbatdagi maslahatlashuv o'tkazildi.

Yig'ilishda Transport vaziri o'rinbosari Abdusamad Mo'minov, Turkiy Kengash Bosh kotibi o'rinbosari Mirvohid Azimov, shuningdek, transport vazirligi, davlat bojxona qo'mitasi va O'zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar assotsiatsiyasi ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuv O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 31-martda bo'lib o'tgan Turkiy Kengashning norasmiy sammiti davomida e'lon qilgan transportni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari, shuningdek, transport sohasida hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya maslahatlashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Yig’ilishda tomonlar Trans-Kaspiy transport yo'lagining raqobatbardoshligini oshirish masalalarini muhokama qildilar va "Yo'l namoyish safari (yo'l savdo karvoni)" haqida hamda jahonga yo'lagining hayotiyligini namoyish qilish bo’yicha fikr almashdilar.