Turkiya Respublikasining 99 yilligi!

29-oktabr – Turkiya Respublika kuni munosabati bilan Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi mamlakat fuqarolarini samimiy qutlab, Turkiya xalqiga abadiiy tinchlik va davomiy taraqqiyot tilaydi!

Tarixdan ma’lumot: Birinchi Jahon urushidan so‘ng Antanta mamlakatlari 1918-yilning oktabrida Usmoniylar imperiyasining deyarli barcha hududini o‘zaro bo‘lishib olishga qaror qilishdi va bu Turk milliy harakatining paydo bo‘lishiga olib keldi. Anadolu nashri shu haqida so‘z yuritdi.

1919-yilning may oyidan 1923-yilning oktabriga qadar Mustafo Kamol Otuturk boshchiligida davom etgan mustaqillik uchun urushda turklar g‘alaba qozondi. 1923-yilning iyulida Turkiya Lozan tinchlik bitimini imzoladi. Shu tariqa, 1923-yilning 29-oktabrida Turkiya poytaxti - Anqarada respublika tuzilishi haqida rasman e'lon qilindi. Shu kundan buyon 29-oktabr Turkiyada Respublika kuni sifatida nishonlanadi.