Ukrainani tiklash Gʻarbning yordamisiz boʻlmaydi — Jahon banki

Ukrainani qayta tiklash uchun qariyb 411 milliard dollar mablag‘ ajratilishi kerak va bu G‘arbiy Yevropa yordamisiz boʻlmaydi. Bu haqda Jahon banki rahbari Devid Malpas maʼlum qildi.

“Jahon banki Rossiya bosqinchligi natijasida vayron boʻlgan Ukrainani qayta tiklashga hissa qoʻshishga tayyor, biroq xalqaro moliya institutlarining oʻzi zarur miqdorni toʻplay olmaydi. Hozir Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yordami zarur”, dedi Malpas.

12-aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy XVJ va Jahon bankining bahorgi sessiyasi ishtirokchilariga videomurojaat qiladi. Murojaat chogʻida u Ukrainaga yordamni davom ettirishini so‘rashi kutilmoqda.