Uzbekistan Airways Qozon va Novosibirsk shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo'lga qo'yadi

Transport vazirligi axborot xizmati ma'lumotiga ko’ra, yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Qozon – Toshkent va Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Toshkent – Qozon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 2022-yilning 13, 16, 20 va 23-mart kunlari, Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 15 va 22-mart kunlari amalga oshiriladi.