Oʼzbekiston MDH davlatlari orasida avtomobil yoʼllari uzunligi boʼyicha 4-oʼrinda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarining uzunligi 42,9 ming km ni tashkil etgan va MDH davlatlari orasida avtomobil yoʼllari uzunligi boʼyicha 4-oʼrinda qayd etilgan.
2022-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarining uzunligi:
Rossiya – 1,6 mln km;
Belarusь R. – 103,4 ming km;
Qozogʼiston – 95,4 ming km;
Oʼzbekiston – 42,9 ming km;
Ozarbayjon – 28,7 ming km;
Moldova – 9,5 ming km;
Аrmaniston – 7,5 ming km;
P.S. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotida qayd etilishicha raqamlar davlatlarning rasmiy statistika maʼlumotlaridan olingan.






