Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy investisiya jamg‘armasi tashkil etiladi

Oʻzbekiston rahbarining Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan ikkinchi tashabbusi doirasida viloyatning 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashtiriladi, har birida innovasion texnoparklar tashkil qilinadi. Ularda:

• elektrotexnika, biofarmasevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovasion loyihalar amalga oshiriladi;

• erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi va “bojxona hududida qayta ishlash” rejimining soddalashgan tizimi joriy qilinadi;

• ishlab chiqarish binolari namunaviy loyihalar asosida qurilib, tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” orqali tayyor holda beriladi;

• joriy yilda texnopark infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi.

Investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy investisiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu jamg‘arma Xitoyning nufuzli Ipak yo‘li fondi va boshqa moliyaviy tashkilotlari bilan birga tashkil qilinadi. Jamg‘armaga 1 milliard dollar sarmoya olib kelinadi.