Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi

Turkiy olamning ajralmas qismi bo’lgan O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon barcha sohalarda uzoq taraqqiyot yoʼlini bosib oʼtdi, xalqaro maydonda muhim rol o’ynadi. Oʼzbekistonning 2019-yilda turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo bo’lishi turkiy xalqlar integratsiyasi, ularning birligi va hamjihatligini kuchaytirish, shuningdek, turkiy davlatlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim tarixiy voqeadir.
Turkiy Davlatlar Tashkiloti Samarqand sammiti doirasida “Bright Uzbekistan” jamoasi qator mehmonlar bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Ular orasida haqiqiy turkiy mamlakatlar madaniyatini globallashtirishga jon kuydirayotgan, Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi Prezidenti Guney Efendiyeva bilan bo'lib o'tdi.
Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi fondi turkiy dunyoning daho shaxslari yubileylariga katta ahamiyat beradi. 2021-yilda umumturkiy adabiyotning atoqli namoyandalaridan biri, turkiy til sheʼriyatining asoschisi Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Fond tomonidan buyuk mutafakkirning asarlari Ozarbayjon tilida nashr etildi.
Bundan koʼzlangan maqsad Ozarbayjonda oʼzbek adabiyotini, Аlisher Navoiy ijodini targ’ib qilish, shuningdek, oʼzbek va ozarbayjon xalqlari oʼrtasida madaniy-maʼnaviy yaqinlashuvni kengaytirishga hissa qoʼshishdan iborat.






